Foto: Getty Images
“Foydalanishda bo‘lgan moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2024 yil 1 iyuldan boshlab:
- avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bilan bog‘liq murojaatlarni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi, veb-sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish va to‘lovlarni onlayn amalga oshirish;
- ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlat raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash yo‘li bilan berish tartiblari joriy etiladi.
Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi va 2024 yil 1 iyuldan boshlab bu turdagi yangi transport vositalari umumiy tartibda, foydalanishda bo‘lganlari vaqtinchalik nizom asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
2024 yil 1 iyulga qadar moped va skuterlarni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo tashkilotlar (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi) Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Transport vositalari hisob ma’lumotnomalari” moduliga integratsiya qilinadi va bunday transport vositalari uchun hisob-ma’lumotlarni elektron shaklda berilishini ta’minlaydi.
2024 yil 1 iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi axborot tizimi orqali Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga O‘zbekistonga kirib kelayotgan dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish yo‘lga qo‘yilsin.
2025 yil 1 yanvardan boshlab ro‘yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish amaldagi qonunchilik talablari asosida taqiqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»