date
views 154

Toshkentda xotini bilan ajrashayotgan erkak MIB sababli yarashib oldi

Toshkentda xotini bilan ajrashayotgan erkak MIB sababli yarashib oldi
Foto: MIB axborot xizmati
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida xotini bilan ajrashayotgan erkak MIB sabab yarashib oldi. Bu haqda MIB axborot xizmati Zamin.uz'ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.B.dan undiruvchi M.A. foydasiga 2/6 qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida Shayxontohur tuman davlat ijrochisi Z.D.Bekmuratovaning to‘g‘ri huquqiy targ‘ibot olib borishi natijasida qarzdor turmush o‘rtog‘i bilan yarashib olgan. Shu sababli undiruvchi ayolning arizasiga ko‘ra, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan ijro hujjati tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda xotini bilan ajrashayotgan erkak MIB sababli yarashib oldi