280
Toshkentda uy tomida 173 ta gultuvakda giyohvand o‘simliklar yetishtirayotgan shaxs ushlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida giyohvand moddalarning yetishtirilishi va tarqatilishi va sotilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir davomida Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro yashash uyining tom qismida gultuvaklarda giyohvand o‘simliklar yetishtirayotgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro uyining tomida maxsus joy qilib, u yerda sug‘orish tizimi va chiroqlar o‘rnatib 173 ta gultuvakda marixuana giyohvand o‘simliklarini o‘stirgan.
Shuningdek, fuqaroning xonadonida ko‘p miqdorda giyohvand o‘simliklarning quritilgani va urug‘lari ham topilgan. Bundan tashqari, giyohvand moddalarni tortish uchun tarozi va boshqa buyumlar borligi aniqlangan.
“Fuqaroning uyidan olingan barcha daliliy ashyolar Toshkent shahar IIBB ekspertiza markaziga topshiriladi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng fuqaroga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»