Foto: X / MofaQatar_EN
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar tashqi ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Lulva Roshid al-Xotir uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, ta’lim sifatini oshirish hamda madaniy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar jahonning turli hududlarida sodir bo‘layotgan nizolardan jabr ko‘rayotgan aholiga yordam ko‘rsatish, ularga birlamchi mahsulotlarni yetkazib berish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdi.
O‘zbekiston va Qatar xalqlarini yanada yaqinlashtirish, o‘zaro urf-odatlar bilan tanishtirish maqsadida birgalikda madaniy tadbirlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ta’lim sifatini oshirish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»