Foto: Bloomberg
Istiqbolli loyihalar Milliy agentligining “Mayning-pul faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.
Mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot. Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:
- mayningni amalga oshirish jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar;
- mayning-pul ishtirokchilarining kripto-aktivlarini saqlash;
- muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul ishtirokchilarining kripto-hamyonlariga o‘tkazish;
- anonim kripto-aktivlar mayningi va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
Mayning-pul ishtirokchilarning mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini (shu jumladan ularning nomidan) kripto-aktivlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ishlatishga haqli emas.
Mayning-pul quyidagilar bilan shartnoma tuzishga haqli emas:
- O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
- 18 yoshga to‘lmagan shaxslar;
- majburiy identifikatsiyadan o‘tmagan milliy va xorijiy maynerlar;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganlar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 20 martdan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»