16:00 / 26.03.2024
206

Qashqadaryodagi shifoxona zinasi ostidan noma’lum chaqaloq topildi

Qashqadaryodagi shifoxona zinasi ostidan noma’lum chaqaloq topildi
Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonalardan biridagi zinapoya ostidan chaqaloq topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

"Joriy yil 21 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya bo‘limi binosining ikkinchi qavatga ko‘tarilish zinasining tagiga chaqaloq noma’lum shaxs tomonidan tashlab ketilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan", — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, chaqaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda tug‘ilganiga yigirma kun bo‘lgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan.

Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgani, sog‘lig‘i yaxshi ekani bildirilgan.

"Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", — deydi mas’ullar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryodagi shifoxona zinasi ostidan noma’lum chaqaloq topildi