Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini ishga solish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat rahbari so‘zining avvalida Namangan mamlakatning eng barakali, sersuv va serhosil hududlaridan biri, mehnatkash va saxovatpesha, g‘ururi baland, tadbirkorlikda eng ilg‘or insonlar yurti ekanini ta’kidladi.
Ularning mehnati va fidoyiligi bilan Namanganda hayot o‘zgarmoqda. O‘tgan 7 yilda viloyat iqtisodiyoti 2 barobar, eksport 3 karra o‘sib, jon boshiga daromad 15,5 million so‘mga yetdi. 65 trillion so‘m investitsiya hisobiga 600 ming ish o‘rni yaratildi.
Shu bilan birga, Namanganda mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani uchun mas’ul komplekslar va viloyatdagi rahbarlar tanqid qilindi.
Viloyat eksportini 86 foizi to‘qimachilik va meva-sabzavotchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Mingbuloq va Kosonsoyda bir gektardan olinadigan daromad viloyat ko‘rsatkichidan 2 barobar kam. Aholiga berilgan 16 ming gektardan 3,5 ming gektari bo‘sh yotibdi. Pop, Chortoq, Norin va Yangiqo‘rg‘onda sanoatlashish darajasi past.
Mas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlashi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Sayxunobod misolida Uychi tumanidagi 56 ta mahallada ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, tomorqadan 60-70 million so‘m daromad olish bo‘yicha namuna yaratish topshirildi.
Prezident viloyatdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari ko‘riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishdagi amaliy yordam beriladi.
Shu tartibda, 35 ming xonadonga gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga ko‘maklashiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»