Toshkentda avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan yetkazib berishni aytib, fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni aldab olgan shaxslar qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida My Cars nomi bilan avtosalon ochilgan.
2022 yil 16 yanvardan 2023 yilning 2 avgustiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu jinoiy sheriklar avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berishni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan, 200 mln so‘mgacha bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, jami — 6 mlrd 155 mln so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishgan.
Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki GM Uzbekistan bilan shartnoma tuzganliklarini aytib aldashgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining (firibgarlik) tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»