14:46 / 27.03.2024
68

«Jinoyatchi» bo‘lishni istamagan ota 30 mln. so‘m aliment qarzini to‘ladi

«Jinoyatchi» bo‘lishni istamagan ota 30 mln. so‘m aliment qarzini to‘ladi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasida «Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.» - deb ko‘rsatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 08.01.2016 yildagi qaroriga asosan qarzdor D.Sh.dan undiruvchi F.K. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/3-qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ijro harakatlari davomida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan bo‘yin tovlab kelgan.

Shuningdek, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 prim 4 moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.
Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga aliment qarzdorliklarini qasddan to‘lamasligining huquqiy oqibatlari tushuntirilib, jinoyat ishiga hujjatlar to‘plash jarayonida 30 000 000 so‘m aliment qarzdorlikni farzandining ta’minoti uchun to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Jinoyatchi» bo‘lishni istamagan ota 30 mln. so‘m aliment qarzini to‘ladi