
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29 mart, juma kuni Toshkent shahrida «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi.
«Avtomobilsiz kun»ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hisoblanadi.
Shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish rejalashtirilgan.
Ekologiya vazirligi barchani «Avtomobilsiz kun»ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirdi.
EkologiyaAvtomobilsiz KunToshkentAtrof-MuhitJamoat TransportiSog‘lom Turmush Tarzi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing