Foto: Surxondaryo viloyati YHXB
27 mart kuni soat 15:40 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida 3 kishi vafot etdi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berishicha, 41 yoshli ayol haydovchilik guvohnomasisiz Nexia 3 avtomobilida Sangardak-Denov yo‘nalishida harakatlangan. Tumanning Nilu mahallasi hududida tezlikni me’yoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan.
Avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Buning oqibatida haydovchi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan haydovchining yana bir farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Boshqarma axborot xizmati fuqarolardan haydovchilik guvohnomasiga yoki yetarlicha malakaga ega bo‘lmay turib avtomobil boshqarmaslikni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»