
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi hamda Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Unda Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasida joylashgan qurilish obyektida fuqaro G‘.M. tomonidan 2 ta radioelektron vositalardan (ratsiya) tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirmasdan foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Bu bilan fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun 12-moddasi hamda «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan hujjatlar to‘plami umumlashtirilib, fuqaroga nisbatan MJtKning 152-moddasi 1-qismiga asosan jazo chorasi qo‘llangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar