Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalarda “Islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan tamoyil asosida keng ko‘lamli va oqilona islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hududlarga Davlat rahbarining tashrifi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda.
Joriy yilning 25-26 mart kunlari Prezident Sh.Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashriflari hududni har tomonlama rivojlanishida, aholini farovon va munosib hayot kechirishlarini ta’minlab berishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mazkur tashrif davomida nafaqat hududda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi, balki ushbu vazifalarni yechimi bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar, ijro mexanizmi, muddat va mas’ullar hamda moliyaviy manbalar ham aniq ko‘rsatib berildi. Mazkur tashrif viloyatimiz xalqini yorqin kelajakka boshlovchi tashabbuslar bildirilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Tashrif davomida ijtimoiy sohalar, xususan oliy ta’lim sohasiga ham alohida urg‘u berildi. Jumladan, viloyatdagi oliygohlarda 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o‘qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirig‘i berildi.
Bu borada Namangan davlat universitetida ham topshiriq ijrosi bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda universitetda 24082 nafar talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, shundan 4294 nafar talaba boshqa viloyatlardan kelib o‘qiydi. Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 12602 nafar talabalarning 2026 nafari aynan shu toifadagi talabalarni tashkil etadi.
Ko‘rinib turibdiki, boshqa viloyatlardan kelib o‘qiydigan talabalar salmog‘ining yuqoriligi tashrif davomida berilgan topshiriqning juda ham dolzarbligini bildirib turibdi. Boisi, mazkur toifadagi talabalarni har o‘quv yili boshida turar joy bilan ta’minlash masalasi kelib chiqmoqda.
Ayni paytda universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oluvchi 2963 nafar talabalar universitet atrofidagi 10 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 741 ta xonadonda ijara huquqi asosida yashashmoqda. Shundan 1010 nafar talabalarga har oyda ijara pulining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yo‘lga qo‘yilgan. 2023/2024 o‘quv yilining o‘tgan 7 oyi mobaynida esa mazkur talabalarga 1,2 mlrd. so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
Tashrif davomida bildirilgan topshiriq ijrosi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari atrofidagi mahallalarda uy yotoqxonalarning tashkil etilishi talabalarni turar joy bilan ta’minlashda, ularni va ota-onalarni har o‘quv yili boshida sarsongarchilik va ovoragarchiliklariga barham berilishida muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etishda oliy ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligini yanada kuchayishiga olib keladi. Uy yotoqxonalarning tashkil etilishi talabalarni xavfsizligi, ularni o‘quv mashg‘ulotlarini yetarli darajada o‘zlashtirishi, yashash sharoitlarini muntazam ravishda nazorat qilib yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘rib borishga ham turtki bo‘ladi.
Ma’lumki, hozirgi kunda ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, muammolari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan oliy ta’lim muassasalarida tyutorlar shug‘ullanishmoqda. Tashrif davomida berilgan topshiriqlar esa tyutorlarning bilim saviyasi va malakasini ham yanada oshirishni taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda Namangan davlat universitetida faoliyat olib borayotgan 61 nafar tyutorlar uchun joriy yilning aprel oyida 42 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Ushbu kurs jarayoniga tajribali mutaxassislar jalb etilib, yoshlar bilan ishlashda e’tibor beriladigan muhim jihatlar, ta’lim-tarbiya uzviyligi, ota-onalar bilan samarali hamkorlik olib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar bilan individual ishlash, psixologik metodlar kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar olib borishlari belgilangan. Mazkur kurs tyutorlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini yanada oshirish bilan bir qatorda talabalar bilan tizimli ish olib borishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Prezidentimizning Namangan viloyati tashriflari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida oldimizga dolzarb vazifalarni qo‘ydi. Namangan davlat universiteti jamoasi ham ushbu vazifalarni sidqidildan va vijdonan bajarishadi, deb ishonch bilan aytamiz.
Narimon Dexkanov
Namangan davlat universiteti birinchi prorektori,
siyosiy fanlar doktori
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Namangan davlat universiteti birinchi prorektori,
siyosiy fanlar doktori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»