Kadr: YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo‘jayev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Solixon Ortiqxo‘jayev jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 30 mart kuni Sergeli tumani IIO FMB xodimlari va DXX xodimlari tomonidan jinoyatda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan fuqaro bo‘yicha qidiruv ishlari olib borish davomida, tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga asosan uning uyiga borganida, xodimlarga nisbatan nosamimiy munosabatda bo‘lgan.
Baqir-chaqir qilib, baland ovozda “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman”, deb shovqin qilib, shu yerdan o‘tib ketayotgan fuqoralarning tinchligini buzgani hamda IIO xodimlari tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon apparatini taqdim qilish so‘ralganida, ularga telefonini taqdim etmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.
Sud majlisida u huquqbuzarlik harakatiga qisman iqrorlik bildirib, haqiqatan ham, xonadoniga huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar kelganini, tintuv bo‘yicha hujjatlari borligini aytib uyiga kirishganini, IIO xodimlari uning qo‘l telefonini so‘raganida ularga qarshilik ko‘rsatib, telefon apparati yo‘qligini aytganini, lekin baqir-chaqir qilmaganini aytib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan, deb topildi va unga:
183-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, ya’ni 340 000 jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida Ortiqxo‘jayev Solixon Maxkamovichga uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»