19:20 / 02.04.2024
134

Soliqlarni vaqtida to‘lash barchamizning burchimiz!

Soliqlarni vaqtida to‘lash barchamizning burchimiz!
Soliqlar yurtimiz farovonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi. Afsuski, ayrim fuqarolar o‘z majburiyatlarini unutib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda. Vaholanki, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Majburiy ijro byurosining Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat budjetiga soliq qarzdorligini undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning 2 oyida 6,7 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, soliq va boshqa undiruvlar yuzasidan qarzdorlarga tegishli bo‘lgan 5,2 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 26 ta 2,6 mlrd. so‘mlik mol-mulklar realizatsiya qilish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 70 nafar qarzdorlarning 381 mln. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.

Misol uchun, bo‘lim ish yurituvidagi “Z.S” MCHJdan 294,5 mln. so‘m soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida, hisob raqamlariga band solingan hamda mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida MCHJdan jami 294,5 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta’minlangan.

Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliqlarni vaqtida to‘lash barchamizning burchimiz!