
Marg‘ilon shahridagi bank binosiga Milliy gvardiya kiyimida kelgan shaxs ushlandi.
«Joriy yilning 2 aprel kuni soat 09:30 larda Marg‘ilon shahrida joylashgan Biznesni rivojlantirish bankida xizmat vazifasini o‘tayotgan Qo‘riqlash bo‘limi xodimlarining sergakligi tufayli Qo‘riqlash boshqarmasining dala kiyimida bank binosi ichida yurgan notanish shaxs qo‘lga olindi», deyiladi Milliy gvardiya xabarida.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Qo‘riqlash xizmati xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Marg‘ilon shahar Yangi hayot mahallasida yashovchi 20 yoshli fuqaro Sh. X., ekanligi aniqlangan. Ushbu fuqaro Marg‘ilon shahar IIB mas’ul xodimlariga topshirilib, harbiy kiyim-kechaklari va boshqa anjomlari olib qo‘yilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar