18:34 / 04.04.2024
102

Murojaatlar hal etilmoqda

Murojaatlar hal etilmoqda
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi boshlig‘i A.Kadirov tomonidan muntazam ravishda murojaatchilarning shaxsiy qabuli tashkillashtirib kelinmoqda.

Byuroning Yunusobod tuman bo‘limida joriy yilning 1- chorak yakunlari tahlil qilinganda bo‘limga jismoniy va yuridik shaxslardan aliment masalasi, qarz va zarar undirish, noqonuniy qurilmalarni buzish, qarzdorlarning chetga chiqish huquqlari cheklanganligi yuzasidan va boshqa masalalarda jami 600 ga yaqin murojaat kelib tushgan.

Shundan 137 ta arizalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 393 nafar murojaatchilarga tushuntirishlar berilgan. Murojaatlarni o‘rganish natijasida 137 nafar fuqarolarning huquqlari tiklanib, 100 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik summalari undirib berilgan.

Xususan, qabul jarayonida murojaat yo‘llagan fuqaro A.Umarov O.Yuldashev, R.Xadjixanov hamda S.Isroilovlar keltirilgan vajlar batafsil o‘rganildi va murojaatda keltirilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murojaatlar hal etilmoqda