12:55 / 07.04.2024
190

Toshkentda muqaddam sudyalik qilgan advokat 75 ming dollar pora olayotganida ushlandi

Toshkentda muqaddam sudyalik qilgan advokat 75 ming dollar pora olayotganida ushlandi
Foto: Videodan kadr
Toshkent va Samarqand shaharlarida advokatlar pora olayotganida Davlat xavfsizlik xodimlari tomonidan ushlandi.

Toshkent shahridagi advokatlik byurosi advokati va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ yuristi o‘zaro kelishgan holda, sud tizimida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, 2021 yilda Jinoyat kodeksining 131 (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) va 135-moddalari (odam savdosi) bilan sudlanib, 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini o‘tayotgan shaxsning ayblovidan 135-moddani olib tashlash orqali unga nisbatan tayinlangan jazoni yengilroq jazo turiga almashtirib berish evaziga 75 ming dollar talab qilgan.

Lekin ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta’kidlash lozimki, mazkur advokat 2015—2020 yillarda fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sudyasi bo‘lib, MCHJ yuristi esa 1999—2003 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

Boshqa holatda esa, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan, Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati sud organlaridagi tanishlari orqali, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumning jazosini ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazoga almashtirib berish evaziga 17 ming dollar olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan.

Samarqand shahridagi advokatlik hay’ati advokati shahar prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamasliklari uchun, prokuratura tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 2 ming dollar talab qilib, 1,5 ming dollarni olgan vaqtida DXX hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda muqaddam sudyalik qilgan advokat 75 ming dollar pora olayotganida ushlandi