16:30 / 08.04.2024
189

Toshkentda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda

Toshkentda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida qator tezkor tadbirlar olib borilmoqda, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, kuni kecha Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo‘shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazilgan. Gumondor shaxslar qo‘lga olinmoqda.

2024 yilning uch oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
"Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga a’zo bo‘lishdan saqlaning va ularning yot g‘oyalarini targ‘ib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga a’zo bo‘layotganini, qanday mazmundagi video va boshqa materiallarni ko‘rayotganligini doimo nazorat qilib boring.

Agar mahallangizda shu kabi yot g‘oyalar ta’siriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni so‘raymiz
", — deyiladi idora xabarida.

Dekabr oyining boshlarida Toshkent shahar IIBB poytaxtda huquq-tartibot idoralari tomonidan “ko‘cha bollari” va jinoiy guruhlarni aniqlash hamda qo‘lga olish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandi.

2 dekabr kuni Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. U atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangan. 3 dekabr kuni esa huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga oldi.

Ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ham ushlandi. 1950 yilda tug‘ilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevich (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan. Mart oxirlarida unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda