
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati
Toshkent viloyatida naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi, deb xabar beradi viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, qo‘shni davlatga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida xatti-harakatlarida shubha paydo bo‘lgani sababli bojxona xodimi belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazgan.
Natijada og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yozma ravishda deklaratsiyalanmagan 670 ming Rossiya rubli miqdoridagi xorij valyutasi borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 million so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar