20:30 / 10.04.2024
110

Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi

Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha yangi statistikani e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda bunday chaqiriqlar kamayib bormoqda.

2024 yilning dastlabki 3 oyida «103» xizmatiga jami 686 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Taqqoslash uchun aytsak, mazkur ko‘rsatkich 2023 yilning ayni shu davrida 893 tani tashkil etgan.

To‘g‘ri, yildan yilga bu kabi murojaatlar soni kamayib bormoqda. Biroq gap inson salomatligi haqida ketar ekan ularning bittasi ham ko‘p.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2024 yilning yanvar-mart oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Buxoro viloyatida kuzatilib, bu raqam 137 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Toshkent shahri qayd etildi — 133 ta. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 110 ta, Andijon viloyatidan 58 ta va Farg‘ona viloyatidan 57 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olindi — atigi 1 ta.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlik yolg‘on chaqiriqlar bo‘yicha vaziyatni ochiqladi