Foto: Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Kengash o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi.
O‘tgan yili Jidda shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari birinchi sammitida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
2025 yilda Samarqand shahrida o‘tadigan ikkinchi sammit kun tartibini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?