22:45 / 16.04.2024
207

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro naslli chorvani rivojlantirish maqsadida Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi qarindoshi rahbarlik qilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyat nomiga 2021 yilning mart oyida aksiyadorlik tijorat bankidan 450 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit oladi.

Lekin imtiyozli kredit maqsadli yo‘naltirilmaganligi sababli Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qarshi tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qarshi tumani prokuraturasiga yuboriladi.

Tuman prokuraturasi tergovchisi ish yurituviga berilgan ushbu jinoyat ishi doirasida, joriy yilning 26 mart kuni kredit olgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan tergovchi o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, kredit ajratilgan MCHJ rahbari bo‘lgan ayolga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga tamagirlik yo‘li bilan undan 5 ming dollar miqdorida pora talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi