16:48 / 19.04.2024
169

Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sergeli tumanining 277-maktab pedagogi 1-sinf o‘quvchilarining qo‘liga igna va “samorez” sanchib, ularni jazolagani xabar berilib, holat o‘rganilayotgani ma’lum qilingandi.

Bolalar ombudsmani tergovga qadar tekshiruv natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2016 yilda tug‘ilgan 2 nafar o‘quvchi kaftining ustki qismiga burama mix (samorez) bir necha marta sanchib kelingani, bolalarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazgani aniqlangan.

Shu sabab 18 aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qayd etilishicha, o‘qituvchi 2002 yilda tug‘ilgan.

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilgani aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur ishda bola manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quvchilarni qiynashga oid xabarlar 16 aprelda tarmoqlarda tarqalgandi. Holat ortidan bolalarni shu usul bilan “tarbiyalash”ga uringan o‘qituvchi ishdan ketgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi