12:00 / 24.04.2024
71

Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi

Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi
Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va shahar IIBB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Toshkent shahrida yashovchi 2 nafar shaxs har bir qalbaki AQSH dollarini 7500 so‘mdan hisoblab, xaridorga qalbaki 18 800 AQSH dollarini 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlandi. Shuningdek, ulardan qo‘shimcha qalbaki 9500 AQSH dollari ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxs qalbaki 20 ming AQSH dollarini haqiqiy 14 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12 000 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham qalbaki 400 AQSH dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tezkor tadbir davomida, voqea joyiga birga kelgan uning sherigi – Oltiariq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida ham qalbaki 10 500 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 22 900 AQSH dollari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Toshkent tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyatida yashovchi 2 nafar shaxs har bir qalbaki 100 AQSH dollarini haqiqiy 40 AQSH dollaridan hisoblab, xaridorga qalbaki 20 000 AQSH dollarini haqiqiy 8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi