Kadr: Telegram
Samarqandda 32 yoshli ayol mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining oyoq-qo‘llarini arqon bilan bog‘lab, ustiga benzin sepib, tiriklay yoqib yubordi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Sudlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, marhum erkak va ayolni shar’iy nikoh bog‘lab turgan. Oilali, farzandli erkakning bu ayol bilan munosabatidan uning onasi o‘limidan keyin xabar topgan.
"Uning xotini va bolasi Rossiyaga ketgan edi, buni [ayolni — tahr.] topgan. Aloqa qilib yurganidan bizning xabarimiz yo‘q. Ko‘mir bo‘lib kuyib qolgan, o‘zimning bolamni tanimadim… Suddan oliy jazo berishni so‘radim”, — deydi marhumning onasi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, marhum va ayol o‘rtasida tez-tez janjal bo‘lib turgan. Sudlanuvchi janjalning sababini eri oxirgi paytlarda uyga pul olib kelmagani va uni boshqa erkaklar bilan gaplashayotganlikda ayblab, rashk qilgani bilan bog‘lagan.
Shu kuni ham erkak ayolga bir shapaloq tushirgan. Shundan keyin ayol erkakning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tanishiga benzin buyurtma qilgan.
“O‘g‘limni o‘ldiraman degani uchun bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin to‘kdim va yoqdim”, — deydi ayblanuvchi. Shundan so‘ng ayol ko‘chaga chiqib ketgan, o‘g‘li esa o‘gay otasini qutqarish uchun qo‘shnisidan yordam so‘ragan. Ular o‘z navbatida o‘t o‘chiruvchilarni chaqirgan.
Aniqlanishicha, sudlanuvchi ilgari ayol qarindoshini pichoqlagani uchun jazo o‘tab chiqqan.
Sud hukmi bilan ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-modda (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan aybli deb topildi va unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”