Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi meva bog‘larida o‘rik pishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumandagi MCHJ tomonidan barpo etilgan o‘rikzorlarda innovatsion texnologiyani muvaffaqiyatli qo‘llanishi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirgan. 2020 yilda tashkil etilgan korxonada o‘tgan qisqa vaqt ichida qariyb 102 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish orqali o‘rik (mikado, magadant, kaloroda, maykod, lidegod, sinishkod, rubitsa, kasinko, radova) va shaftoli (nektar) parvarishlash yo‘lga qo‘yilgan.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
"Hosilni yig‘ib olishga jadal kirishgan bog‘bonlar xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan, darmondoriga boy ne’matni Rossiyaga eksport qilishga ham kirishdilar", — deyiladi xabarda.
Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratilgan korxonada hosilni yig‘ishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqda. Ko‘chatlar 3-4 yillik bo‘lgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinyapti.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida 80-100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan bo‘lib, birgina joriy yil mavsum davomida o‘rikning o‘zidan qariyb 1500 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning may oxirlarida Surxondaryo viloyati Termiz tumanida chillaki uzum chilladan oldin pishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi