Toshkent shahar IIBBga bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to‘lovni amalga oshirganligi, biroq MCHJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1977 yilda tug‘ilgan Sharipov Obid Aripovich «MAX-HOUSE-GROUP» MCHJni tashkil qilib, o‘zining sheriklari 1982 yilda tug‘ilgan Osimov Axtam Axmadovich va 1989 yilda tug‘ilgan Samandarov Azizbek Alijonovichlar bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan.
Jumladan, O.Sharipov MCHJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishligini ma’lum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan. Vaholanki, ushbu ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmasdan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo‘lmasdan, kadastr hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadonlarni fuqarolarga sotishligini bildirib, aldov yo‘li bilan juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirib olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida A.Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Gumonlanuvchilar A.Samandarov va A.Osimovlar tergovdan qochib yashiringanligi sababli, ular qidiruvga berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi