23:33 / 28.04.2024
1 091

Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”

Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya Botir Qodirov bilan bog‘liq hodisa yuzasidan izoh berdi.

Xursanoy ayaning aytishicha, Sherali Jo‘rayev bilan u qonuniy ravishda 1973 yilda turmush qurgan, farzandli bo‘lmagani bois 16 yillik nikohdan so‘ng, 1988 yilda ajrashishgan.

"Botirjon haqiqatan ham Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li. Bunga 100 foiz ishonaman. Chunki yoshligida men yashayotgan qishloqqa ko‘p borar edilar, ko‘rardim. O‘ynagani kelar edi.

Uni qaynonam ham nevara sifatida tan olar edilar. Uyimizga kelganida “Shertoyning o‘g‘li keldi, der edilar
", — deydi Xursanoy aya.

Uning aytishicha. Sherali Jo‘rayev va Botir Qodirovning onasi bilan nikohi haqida dastlab xabari bo‘lmagan.

"O‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida eshitganman. Lekin birga doimiy yashashi, nikoh o‘qitgani haqida eshitmaganman.

Botirjon shu vaqtgacha o‘g‘il sifatida tan olib kelingan. Sherali Jo‘rayevning onasi, opalari — hammasi uni tan olar edi", — dedi Xursanoy aya.

Avvalroq Xonanda Qodirov Botir Sheraliyevich javobgarlar — Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevlardan otalikni belgilashni talab qilib sudga ariza bergani xabar qilingan edi.

Holat yuzasidani izoh bergan Zohirshoh Jo‘rayev jamoatchilikdan bunday piar va hayplarga oilasini aralashtirmaslikni iltimos qilib so‘ragan.

Keyinroq Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning nikohli farzandi ekanligi hamda marhum hofizning o‘g‘illari bilan nima maqsadda sudlashayotgani haqida gapirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”