10:26 / 30.04.2024
79

O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin

O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, 29 aprel kuni vazirlikda Saudiya Arabistonining K-DOT kompaniyasi bosh direktori Faysal ol-Dovud bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

14 dekabr sanasida vazirlik va tizim tashkilotlari rahbarlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistonidagi ko‘plab salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni tibbiyot, xizmat ko‘rsatish, IT va ishlab chiqarish sohalarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilishga kelishib olgandi.

Shundan keyin bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbekistonliklar ushbu davlatga vaqtincha ishlash uchun jo‘nab keta boshladi. Bugungi uchrashuvda Ar-Riyodda erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish mexanizmlari xususida so‘z bordi.

Muloqot jarayonida Saudiya Arabistonida tibbiyot, mehmonxona va texnik xizmat ko‘rsatish kabi qator sohalarda ishchi kuchiga talab ortib borayotgani, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ham birgalikda dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish mumkinligi alohida qayd etildi.

Ikki davlat hukumatlar o‘rtasida 2022 yilning 17 avgust kuni Jidda shahrida “Ishchilarni yollash sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim imzolangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin