12:12 / 30.04.2024
138

Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi

Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Foto: Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi
Turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 9 fevraldagi qarori asosida amalga oshirildi. “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda 2024 yil mart oyida turistlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda Orol dengizi bo‘yi hududini tezkor mobil internet bilan qamrab olish imkoniyatini o‘rganish, aprel oyida Orol dengizi bo‘yi hududini tezkor mobil internet bilan qamrab olishni ta’minlash belgilangandi.

Qarorda Qoraqalpog‘istonning mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish orqali sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini ta’minlash hamda turmush darajasini oshirish maqsadida yana bir qancha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi