Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududida ikki nafar shaxs taksi haydovchisining joniga qasd qilishga urinayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 27 aprel kuni soat 23:30 larda 20 yoshli Z.M. va 18 yoshli D.M. qasddan odam o‘ldirish va o‘zganing mulkini egallash maqsadida oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Toshkent shahridagi metro bekatlardan birining oldida ilova orqali taksiga buyurtma bergan.
Shunda ularning chaqiruviga asosan 56 yoshli Ch.A. Jentra mashinasi bilan yetib kelgan. Yigitlar oldindan tuzilgan rejaga muvofiq taksini Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li orqali Yangiyo‘l tumani hududiga yo‘naltirgan.
Taxminan soat 01:00 larda “Chamanzor” MFY hududiga yetib kelib, tokzor ichiga kirgach, yigitlar mashinani to‘xtatgan. Z.M. haydovchining qo‘llaridan ushlab, orqa o‘rindiqda o‘tirgan D.M. esa oshxona pichog‘i bilan haydovchining bo‘yin qismiga urib, uni bo‘g‘a boshlaydi.
Shu payt tuman IIB tungi navbatchilik guruhining to‘rt nafar a’zosi kelib qoladi va yigitlar qo‘lga olinadi.
Dastlabki surishtiruvda Z.M. Toshkent axborot va texnologiya universiteti, D.M. esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 1-bosqich talabalari ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Z.M. va D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “i”, “p” bandlari va 164-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilingan. Yigitlar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi