15:15 / 30.04.2024
180

Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi

Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar Sh.G‘. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud bo‘lgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni fuqaro Z.I.ga 2 000 AQSH dollari va 180 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning og‘irligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi