date

Ruslar Boris Elsinning Toshkentda Islom Karimov bilan uchrashuvini eslashdi

Ruslar Boris Elsinning Toshkentda Islom Karimov bilan uchrashuvini eslashdi

Tvitter foydalanuvchilaridan biri 2 sentyabr kuni olamdan o‘tgan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federasiyasining birinchi prezidenti Boris Elsinning uchrashuvidagi bir holatni eslatdi, deyiladi "Kun" nashrida.

1998 yil 11 oktyabrdagi Toshkentga tashrifi vaqtida Elsin tantanali marosimda ishtirok etadi. Musiqa yangraganida u tartibni unutib, oldinga qadam tashlab yurmoqchi bo‘ladi, uni yonidagi Islom Karimov qo‘llaridan tutib ushlab qoladi va "sharmandalikdan saqlaydi". O‘sha kuni Toshkentdagi yodgorliklardan biriga guldasta qo‘yish marosimi bekor qilinadi.

O‘shanda Elsinning matbuot kotibi sifatida ishlagan Dmitriy Yakushin bu vaziyatga izoh berar ekan shunday degan: «Uzoq va toliqtiruvchi parvoz, qiyin ish haftasi. U o‘shanda toliqib qolgandi».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ruslar Boris Elsinning Toshkentda Islom Karimov bilan uchrashuvini eslashdi