Germaniya prezidenti: “Islom Karimov butun kuchini o‘z mamlakati rivoji uchun safarbar etdi”

Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Yoaxim Gauk O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.
“O‘zbekiston etakchisi 25 yil oldin mustaqillikni qo‘lga kiritgan kundan boshlab, o‘zining butun kuchini mamlakat rivoji uchun safarbar etdi. O‘tgan vaqt mobaynida davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy ko‘rsatkichlarga erishdi. GFR barcha jabhalarda hamkorlikni davom ettirishga va hamkor sifatida islohotlar olib borish siyosatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi Gauk. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing