291
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi
Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida o‘quvchilar sinfxonadagi monitorda musiqiy videoklip tomosha qilgani uchun maktab rahbariyati jazolandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, holat Sardoba tumanidagi 5-son umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirilgan. Ular sinfxonadagi monitorda musiqiy videoklip tomosha qilgan, unda behayo lavhalar bo‘lgani aytilmoqda. Keyinchalik holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Xabarga ko‘ra, «o‘quvchilarni nazoratsiz qoldirgani uchun» sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ta’kidlanishicha, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida barcha umumta’lim maktablarida «Maktab, ota-ona, mahalla» hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi