Kadr: Telegram
Qashqadaryoda o‘smir qiz onasining o‘limidan keyin otasi u va singlisiga shilqimlik qilayotganini aytgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani kotibiyati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qashqadaryo viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan qizlarga nisbatan sodir etilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari atroflicha o‘rganildi.
Qizning murojaatiga ko‘ra, 2008 yilda tug‘ilgan M.Sh. (qiz bola) va 2010 yilda tug‘ilgan N.Sh. (qiz bola)larning onasi 2018 yilda vafot etgan. Qiz onasining o‘limidan so‘ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelgani, turli haqoratlar bilan uning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilganini bildirgan.
25 mart kunidan boshlab, M.Sh. va N.Sh. ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgani sababli Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida yashagan. Ishchi guruh tomonidan ular kelgusida qaysi qarindoshi bilan yashashni istashi bo‘yicha fikrlari o‘rganilgan.
Jumladan, M.Sh. va N.Sh. bilan suhbat jarayonida ular otasi R.N. bilan yashashni mutlaqo istamasligini bildirgan. Qizlarga ko‘ra, otasi R.N. ularni maktabga yuborishni istamay, ta’lim olishiga to‘sqinlik qilishi, turli qattiq jismlar bilan urib kelgani, zaruratsiz og‘ir mehnatga (ro‘zg‘orda kir yuvish mashinasi bo‘lsa-da, barcha kirlarni faqat qo‘lda yuvishga) majburlashini aytgan.
Shu bilan birga, qizlarning aytishicha, buvisi L.N. ham ularga turli tazyiq o‘tkazgan bo‘lib, agar aytganini qilmasa, otasiga urdirtirish bilan tahdid qilib kelgan. M.Sh. va N.Sh. vafot etgan onasining opa-singillari bo‘lgan ikki nafar xolasi ularni yaxshi ko‘rishini aytib, kelgusida ana shu xolalaridan biri bilan yashashga istak bildirgan.
Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh.ning eng ustun manfaatlarini ta’minlash uchun va ijtimoiy vaziyatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida ularning Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanish muddati tegishlicha uzaytirilgan.
"Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish sharoitini ta’minlay olishi har tomonlama o‘rganilmoqda", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, qizlarga bo‘lgan nomaqbul munosabatga huquqiy baho berish masalasi huquqni muhofaza qilish organlariga o‘rganish uchun kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”