Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanida yashovchi, 7 yoshli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 68 yoshli erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Avval, gumondor I.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bu 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishni nazarda tutar edi.
Biroq, dastlabki tergov natijasida I.B. qilmishi Jinoyat Kodeksining 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan qayta malakalangan. 1 may kuni erkak protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olingan. Endi erkakka 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tahdid qilmoqda.
Jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi