Foto: Yuz.uz
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mehnat qonunchiligi qaysi sohalarda eng ko‘p buzilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Vazirlik 2024 yilning yanvar-aprel oyi davomida qayd etilgan holatlarni tahlil qilgan. Unga ko‘ra, mehnat qonunchiligining eng ko‘p buzilishi xalq ta’lim muassasalarida kuzatilgan — 5 612 ta. Undan keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida shunday qonun buzilishi holatlari ko‘p bo‘lgan — 2 173 ta.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq 1 215 ta, qurilish tashkilotlarida — 266 ta, qishloq xo‘jaligida — 452 ta holat qayd etilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalar quyidagilar bo‘lgan:
ta’lim — 21 286 ta;
sog‘liqni saqlash — 3 589 ta;
qurilish — 1 867 ta;
qishloq xo‘jaligi — 1 775 ta;
sanoat — 686 ta;
transport — 539 ta;
bank va moliya — 274 ta;
savdo va xizmat ko‘rsatish — 237 ta;
boshqa sohalarda — 10 977 ta.
Mehnat muhofazasi va buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 22 mingga yaqin fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilgan va 13 306 ta murojaat qanoatlantirilgan. 5 805 nafar fuqaroning jami 25 milliard 300 million so‘mdan ortiq ish haqlari undirib berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi