12:28 / 06.09.2016
16 432

Putin farzandlari haqida gapirdi

Putin farzandlari haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning qizlari o‘zlari xohlagan sohada faoliyat olib borayotgani haqida xabar berdi. Bu haqda u 1 sentyabr kuni Vldivostokda Bloomberg bilan bo‘lib o‘tgan intervyusida ta’kidladi.

RF rahbari uning qizlari fan hamda “boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishmoqda”, dedi.

— Ular faoliyat olib borayotgan ishlaridan mamnundirlar. Qizlarim juda ham mas’uliyatli bo‘lib, o‘z ishlariga sidqidildan yondashishadi, — dedi Putin. — Qizlarim yosh bo‘lishlariga qaramay, o‘zlari tanlagan yo‘llaridan ketishlari kerak.

2015 yilning 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yirik matbuot anjumanida Putin qizlari xorijda tahsil olgani haqidagi ma’lumotni rad etdi va qizlari doimiy ravishda Rossiyada istiqomat qilib kelishayotganini aytdi.

O‘zining birinchi turmush o‘rtog‘i Lyudmila Putina bilan 30 yil mobaynida birgalikda yashab kelayotgan V.Putinning ikki qizi bor – Mariya (1985 y.t.) va Ekaterina (1986 y.t.).

Manba: telegraf.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putin farzandlari haqida gapirdi