16:16 / 15.05.2024
201

Xorazmlik taksichi mashinadagi mijozlari bilan YPX inspektoridan qochdi

Xorazmlik taksichi mashinadagi mijozlari bilan YPX inspektoridan qochdi
Urganch shahrida taksi haydovchisi salonida mijozlari bilan YPX xodimining qonuniy talablariga buysunmasdan qochib ketgan.

Xorazm viloyati IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, taksi haydovchisi mijozlarini manzilga yetkazib qo‘yish vaqtida shaharning Gurlan ko‘chasida qoidabuzarlik sodir etadi va YPX inspektori tomonidan unga nisbatan to‘xtash ishorasi beriladi. Biroq haydovchi inspektorning qonuniy talabiga buysunmasdan va bu ham yetmaganidek, svetoforning qizil ishorasida avtomobil qatnovining qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib inspektordan qocha boshlaydi.

Voqea vaqtida mashina salonida bo‘lgan mijozlardan birining aytishicha, haydovchi inspektor talabiga buysunmay qochib ketadi va ularni ham noma’lum tomonga olib borib tashlaydi.

Mijozlar, o‘z navbatida, holat yuzasidan haydovchi ustidan viloyat IIBga shikoyat qiladi.

Mazkur tartibbuzarlik viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchining shaxsiga aniqlik kiritiladi va unga nisbatan MJtKning 128-5-moddasi 2-qismi, 128-4-moddasi 2-qismi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan va sudga jo‘natilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi mazkur ma’muriy ishni ko‘rib chiqib, haydovchini 4 million 80 ming so‘m jarimaga tortdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmlik taksichi mashinadagi mijozlari bilan YPX inspektoridan qochdi