Sariosiyoda aholi hayotiga xavf tug‘dirib, IIB xodimini jarohatlagan ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 15 may kuni soat 10:00 larda Sariosiyo tumani «Jannatmakon» mahallasi «Kichik ko‘l» qishlog‘iga noma’lum tomondan qo‘ng‘ir tog‘ ayig‘i kelib aholi orasida vahima uyg‘otgan.
Tuman IIB, tuman obodonlashtirish, ekologiya bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ushbu ayiqni ushlash chorasini ko‘rish vaqtida «Jannatmakon» mahallasi yoshlar yetakchisi S.Husayinovni sudrab, tuman IIB XPB profilaktika inspektori katta leytenant R.Hasanovga tashlangan va uning o‘ng qo‘li barmoq sohasiga yengil tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, mahallada joylashgan 74-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi tomonga kirib borayotgan vaqtida maktab qorovuli tomonidan maktab darvozasi yopib qo‘yilgan, shunga qaramasdan ayiq o‘zini darvozaga urib, maktab binosiga kirmoqchi bo‘lgan.
Maktab o‘quvchilariga va shu yerdagi aholi hayotiga havf tug‘dirishini oldini olish maqsadida tuman IIB hisobida turuvchi ovchilar jalb qilinib, ayiq otib zararsizlantirilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ayiqning quturganligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.
Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”