Foto: Global Look Press
O‘zbekistonda rus tilini yaxshi biladigan 1200 kishi uchun Slovakiyadagi avtomobil zavodida ish taklif qilinmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.
Oylik maosh 900 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar beriladi, xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.
Ish haftasiga 5 kunni tashkil etadi. Ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi.
Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydi. Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar 2024 yil 16 maydan 20 may soat 18:00 gacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi