21:33 / 17.05.2024
811

O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?

O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Joriy yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga 2 586 kishi doimiy yashash uchun (2023 yilning mos davrida 4 063 kishi) ko‘chib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Infografika: Statistika agentligi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash niyatida eng ko‘p ko‘chib ketayotgan davlatlar Qozog‘iston va Rossiya bo‘lib qolmoqda. 2024 yil yanvar– mart oylarida xorijga ko‘chib o‘tganlar jami 2 586 kishi bo‘lib, ularning 2 125 nafari Qozog‘istonga, 357 nafari Rossiyaga borgan.

Ko‘chganlar orasida 1 323 nafari erkaklar (51,2 foiz), 1 263 nafari ayollar (48,8 foiz) bo‘lgan.

Xorijga ko‘chib ketganlarning qolgan asosiy ulushi Janubiy Koreya (0,8 foiz), Qirg‘iziston (0,9 foiz), Turkmaniston (0,3 foiz) va boshqa mamlakatlar (2 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

So‘nggi 5 yil davomida xorijga eng kam ko‘chib ketganlar 2019 yil fevralida, 2020 yil aprelida, 2021 yil dekabrida, 2022 yil avgusti va 2023 yilning dekabr oylarida qayd etilgan. Chet elga eng ko‘p ko‘chib ketganlar ulushi esa 2019 yilning iyulida, 2020 yil oktyabrida, 2021 yil avgustida, 2022 yil oktyabri hamda 2023 yilning avgust oylarida yuqori bo‘lgan.

Infografika: Statistika agentligi
Bundan 24 yil ilgari — 2000 yilda O‘zbekistondan xorijiy davlatlarga qariyb 62 545 kishi ko‘chib ketgan. 2005 yilda undanda ko‘p — 104 991 odam chet elga ko‘chgan. 2010 yilda bu ko‘rsatkich 44 420 kishini, 2015 yilda 31 765 kishini, 2020 yilda 13 648 kishini tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2021 yilda 20 140 odam, 2022 yilda 8 790 kishi, 2023 yilda 17 336 fuqaro xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?