00:15 / 22.05.2024
64

2024 yilda O‘zbekistonga mingdan ortiq britaniyalik turist yuborilishi rejalashtirilmoqda

2024 yilda O‘zbekistonga mingdan ortiq britaniyalik turist yuborilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning yetakchi sayyohlik kompaniyasi Explore Worldwide direktori Saymon Grouv bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muloqot chog‘ida Buyuk Britaniyadan sayyohlarni O‘zbekistonga keng jalb etish va 2024 yilda ular uchun mamlakatimizni jozibador yo‘nalish sifatida tanishtirish masalalari muhokama qilindi.

Xorij tomoniga mamlakatimiz tarixiy shaharlarining turizm salohiyati, so‘nggi yillarda barpo etilgan jahon standartlari asosidagi mehmonxonalar, ichki transport infratuzilmasi, ovqatlanish maskanlari hamda xorijiy sayyohlarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining islomiy me’morchilik, buddizm, etno va tog‘ turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan videomateriallar namoyish qilindi.

Britaniya vakili mamlakatimizda yangi sayyohlik yo‘nalishlari va turizm kontentlarini ishlab chiqish, sohada yangi loyihalarni amalga oshirish, xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish borasida olib borilayotgan ishlardan yaxshi xabardor ekanligini bildirdi.

O‘zbekiston keyingi yillarda xorijlik, xususan britaniyalik sayyohlar orasida keng ommalashdi. Biz britaniyalik sayyohlarni O‘zbekistonga qiziqishini yanada oshirish uchun kompaniya saytining ”manzillar“ bo‘limida O‘zbekiston uchun alohida rukn ochdik”, – dedi Saymon Grouv.

Muzokaralar natijasida, Explore Worldwide bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyada O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, vebinarlar o‘tkazish, shuningdek, joriy yil davomida 1000 dan ziyod sayyohni mamlakatimizga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2024 yilda O‘zbekistonga mingdan ortiq britaniyalik turist yuborilishi rejalashtirilmoqda