Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Farg‘ona va Andijon viloyatlarida “svet” va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.P.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari dala maydoniga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida unga tashqaridan aralashib, suv nasosi orqali 963,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 867,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Shu kabi departamentning O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro S.M. davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, qo‘lbola yondirgichlarni tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 289,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi va “Hududgaz Andijon” GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruvda YATT A.Yu. “Sho‘r” MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish sexini umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 236,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Buvayda tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “B.B.” MCHJ ish boshqaruvchisi M.X. MCHJ klinikasiga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, jami 83,3 mln so‘mlik mulkini talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar