488
Tizimdan 10 yil avval chetlatilgan Urganch shahrining sobiq prokurori ishga qayta tiklandi
Sobiq Urganch shahar prokurori Maqsud Olloberganov 2014 yilning oktyabr oyida fuqarolarga nisbatan tamagirlik qilganlikda soxta ayblov bilan Urganch shahar prokurori lavozimidan va prokuratura tizimidan bo‘shatib yuborilgan.
Foto: Shaxsiy arxiv
Maqsud Olloberganov undan g‘ayriqonuniy ravishda undirilgan pul mablag‘larini qaytarish, o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yo‘lida 2022 yili sudlarga murojaat qiladi. Uning bu talablari ham qondiriladi. Oqlov hukmiga tayanib, dastlab bosh prokuror nomiga o‘zini prokuratura organlariga ishga tiklash haqida murojaat qiladi. Biroq, uning qonuniy murojaati qanoatlantirilmaydi.
Shundan so‘ng, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga xizmat tekshiruvi xulosasini g‘ayriqonuniy deb topish, prokuratura organlariga ishga tiklash, majburiy progul yurgan kunlari uchun moddiy zarar undirish va o‘tgan davrni ish stajiga qo‘shish haqida da’vo arizasi kiritadi. Ish dastlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudida, keyin Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rilib, Maqsud Olloberganov foydasiga qaror chiqariladi.
Biroq shunga qaramay, quyi sudlarning qarorlari ijro qilinmaydi: Maqsud Olloberganov ishga tiklanmaydi, sud qarorlarida ko‘rsatilgan mablag‘lar undirilmaydi. Keyinroq Bosh prokuratura Oliy sudga taftish tartibida protest kiritadi. Unda Oliy suddan quyi sudlarning qarorlarini bekor qilib, Maqsud Olloberganovning da’vo arizasini to‘liq rad qilishni so‘raydi.
Oliy sudda 17 may kuni o‘tkazilgan sud majlisida ishtirok etgan “Daryo” muxbirining xabar berishicha, Oliy sud sudyalari sobiq Urganch shahar prokurori Maqsud Olloberganovni prokuratura tizimida ishda qoldirish haqida qaror chiqargan. Shuningdek, uning hisobiga majburiy progul summalarini undirish, yillab majburiy bo‘sh yurgan kunlarini ish stajiga qo‘shish haqidagi quyi sudlarning qarorini o‘z kuchida qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi