Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda ma’lum qilgan Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, tashrif davomida qator hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan.
“Hozircha shuni ayta olamanki, bugun-ertaga Belarusga tashrif bo‘ladi, yakshanba-dushanbada esa – O‘zbekistonga”, – degan Ushakovning so‘zlarini keltirdi “Interfaks”.
Tashrif davomida qandaydir hujjatlar imzolanishi kutilyaptimi, degan savolga, prezident yordamchisi: “Ha, rejalashtirilyapti. Bir nechta hujjatlar” deya javob bergan.
O‘zbekiston – RF rahbarining yangi muddatga saylanganidan keyingi uchinchi xorijiy manzili bo‘ladi. Vladimir Putin 16-17 may kunlari Xitoyda bo‘lgan, 23-24 mayda esa Belarusda mehmon bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Unda Putinning O‘zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifi ham muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi