
Foto: Videodan kadr
Tarmoqlarda Xorazmdagi maktablardan birida o‘qituvchi dars vaqtida 2 nafar o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, voqea 23 may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 6-sinf o‘quvchilari geografiya fani darsida o‘zaro gaplashib o‘tirgani uchun o‘qituvchi tanbeh bergan. Keyin esa ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Videoyozuv tarmoqlarda tarqalib, mas’ullar o‘rganganidan so‘ng o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan, ishdan bo‘shatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar