date
views 374

Farg‘onada 18 yoshli yigit tanishining bo‘yniga pichoq tiqib, qochib ketdi

Farg‘onada 18 yoshli yigit tanishining bo‘yniga pichoq tiqib, qochib ketdi
Farg‘ona viloyatida 18 yoshli yigit o‘zidan 6 yosh katta tanishini bo‘yniga pichoq tiqib, qochib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21 may kuni, 2006 yilda tug‘ilgan, Marg‘ilon shaharda yashovchi fuqaro S.T. shaharning B.Marg‘iloniy ko‘chasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.

Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan. Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi S.T. ushlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 18 yoshli yigit tanishining bo‘yniga pichoq tiqib, qochib ketdi